“Raqamli texnologiyalar: iqtisodiyot va ta’lim tizimini rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Cover Image for “Raqamli texnologiyalar: iqtisodiyot va ta’lim tizimini rivojlantirish tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilgan anjuman mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va ta’lim tizmida bosqichma-bosqich joriy etish yutuq va kamchiliklarini muhokama etishga bag’ishlandi. Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov ham faol ishtrok etdi.

Anjuman yuqori saviyada va qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi hamda ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlarga taqdim etish uchun xulosa va tavsiyalar tayyorlandi. Ular mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va uning axborot xavfsizligini ta’minlash hamda “Harakatlar strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni bajarishda muayyan darajada o‘z hissasini qo‘shadi.