Raqamli egizaklar ishlab chiqaruvchilarni kiberhujumlardan qanday himoya qiladi

Cover Image for Raqamli egizaklar ishlab chiqaruvchilarni kiberhujumlardan qanday himoya qiladi

Milliy Standartlar va Texnologiyalar Instituti va Michigan universiteti tadqiqotchilari jamoasi kiberxurujlar ko’rsatkichlarini belgilash uchun raqamli egizak texnologiyalarni mashinani o’rganish hamda inson tajribasi bilan birlashtiradigan kiberxavfsizlik tizimini ishlab chiqdi. Bu haqida “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.

“IEEE Transactions on Automation Science and Engineering” jurnalida chop etilgan maqolada NIST va Michigan universiteti tadqiqotchilari o‘z laboratoriyalarida 3D printerga qaratilgan kiberhujumlarni aniqlash orqali strategiyalarining maqsadga muvofiqligini aniqladilar.

Tadqiqotchilar 3D bosib chiqarish jarayoniga taqlid qilish uchun raqamli egizakni yaratdi va uni haqiqiy printerdagi ma’lumotlar bilan ta’minladi. Shuningdek, printer ishga tushganda kompyuter dasturlari doimiy ma’lumotlar oqimini kuzatib bordi va tahlil qildi. Natijalar oxirgi bosqichda inson ekspert tizimning xulosasini sharhlashi va keyin qaror qabul qilishi kerak bo’ladi.