Qo’ziqorin terisidan yaratilgan chip namoyish qilindi

Cover Image for Qo’ziqorin terisidan yaratilgan chip namoyish qilindi

Avstriyaning Yoxannes Kepler universiteti olimlari qo’ziqorin terisidan “MycelioTronics ” deb nomlangan chip yaratishdi. Ma’lum qilinishicha, qo’ziqorin terisidan olingan material mustahkam, moslashuvchan va issiqlikka chidamlilik xususiyatiga ega. Ushbu material 250° C gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladi.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, qo’ziqorin terisidan tayyorlangan chipni osongina olib tashlash hamda qayta tamirlash mumkin. Kuzatuvlar natijasida teridan ishlangan chiplar qayta-qayta egilishga bardosh bera olishi isbotlandi. Takidlanishicha, Substrat deb nomlangan plastik chiplari qayta ishlanmaydigan polimerlardan tayyorlanadi.