Qonun hujjatlarini sun’iy intellekt yordamida audioformatda eshitish imkoniyati yaratildi

Cover Image for Qonun hujjatlarini sun’iy intellekt yordamida audioformatda eshitish imkoniyati yaratildi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi bilan hamkorlikda ilk bor sun’iy intellekt yordamida “Lex.uz” portalidagi qonun hujjatlarini audioformatda eshitish imkoniyatini taqdim etuvchi funksiyani ishga tushirdi.

Endilikda o’zbek tili modeli asosida yaratilgan sun’iy intellekt yordamida “Lex.uz”dagi qonun hujjatlarining matnini audio formatda tinglashingiz mumkin. Buning uchun o’ng tomondagi uch nuqta orqali “audioni tinglash” tugmasini bosish kifoya.

Matnni o’qish jarayonida yuzaga keladigan xato va kamchiliklarni “hujjatga taklif yuborish” tugmasi orqali bildirishingiz mumkin.

Ma’lumot o’rnida, tez kunlarda hujjatlarni ovozli qidiruv yordamida izlash funksiyasi ham ishga tushiriladi.