Qondagi qand miqdorini o’lchay oladigan “aqilli soat” ishlab chiqarildi

Cover Image for Qondagi qand miqdorini o’lchay oladigan “aqilli soat” ishlab chiqarildi

“Bloomberg” nashrining xabar berishicha, Apple kompaniyasi teri yuzasidan qondagi qand miqdorini o’lchash imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqardi.

Qayd etilishicha, tadqiqotchilar hozirda ushbu texnologiyadan foydalanib “aqlli soat” ishlab chiqarishni boshlagan. Mazkur qurilma qand kontsentratsiyasini o’lchash uchun lazer va sensorga tayanadi. Shu jumladan, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish uchun maxsus dasturlarga asoslanadi.

Mutaxassislaning so’zlariga ko’ra, Gadjetga bunday tizimni o’rnatish, butun dunyo bo’ylab millionlab qandli diabetga chalinganlar uchun foydali bo’lishi mumkin. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda kompaniya tizimni yanada takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.