Qanotli mikrorobot yaratildi

Cover Image for Qanotli mikrorobot yaratildi

Ecole Polytechnique Fédérale de Lausanne va Konkuk universiteti tadqiqotchilari tomonidan “Rhinoceros beetles” deb, nomlangan qanotli mikrorobot yaratildi.

Mazkur mikrorobot dizayni qo’ng’izlardan ilhomlanib yaratilgan bo’lib, uning og’irligi 18 grammni tashkil etadi. Haqiqiy qo’ng’izdan ikki baravar kattaroq bo’lgan ushbu mikrorobot qanotlarini harakatlantirish va yuqoriga ko’tarilish imkoniyatiga ega.

Ta’kidlash joizki, ushbu robot sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tdi va yuqori samaradorlikni qayd etdi. Tadqiqot guruhi bu turdagi robotlardan favqulodda holatlarda qidiruv-qutqaruv jarayonida foydalanishni rejalashtirgan.