“Remote Sensing” jurnalida chop etilgan maqolaga ko’ra bugungi kunda Avstraliya hududida o’rmon yong’inlari, toshqinlar, siklonlar va akula hujumlaridan ko’ra ko’proq rip oqimlari sayyohlarning hayotiga zomin bo’lmoqda.
NIWA sohil bo’yicha doktor Kristo Rautenbax va Neelesh Rampal sun’iy intellekt tizmiga asoslangan rip oqimlarini aniqlash vositasini ishlab chiqdi.
Mazkur qurilma plyajlarda kamera va dronlar yordamida ishga tushrilib tasvirlarni tahlil qiladi va insonlar uchun xavfli bo’lgan to’lqinlarni aniqlaydi. Shuningdek, 90% ishonchli ma’lumotlarni yetkazadi hamda xabar beradi.
Ma’lumot o’rnida takidlash joizki, rip oqimlari – qirg’oqdan uzoqlashadigan tor, tez harakatlanuvchi suv segmentlari hisoblanib sekundiga 2,5 metr tezlikda harakatlanadi.