Florida universitetining amaliy fiziologiya va kinesiologiya kafedrasi dotsenti Diego Guarin boshchiligidagi tadqiqot guruhi tomonidan parkinson kasalligining rivojlanish bosqichlarini aniqlashga yordam beradigan sun’iy intellekt tizimi yaratildi.
Ushbu tizim bemorlarning qo’l harakatini kuzatish va video yozuvlar asosida kasallik belgilari hamda uning rivojlanishini kuzatishda qo’llaniladi. Shuningdek, tizim to’plangan aniq ma’lumotlar asosida bemor harakatini nazorat qiladi va shifokorlarga xabar beradi.
Ma’lumot o’rnida, parkinson inson harakatiga ta’sir qiluvchi miya kasalligi bo’lib, harakatning sekinlashishi, titroq, muvozanatni yo’qotish va yurish davomida qiyinchiliklarga olib keladi.