Hindiston hukumati oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanishni kuchaytirish bo’yicha takliflarni ma’qulladi.
Mamlakat rasmiylari fermerlarning daromadini oshirish va atrof-muhitga nisbatan ta’sirni kamaytirish uchun sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha yo’l xaritasi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sifatini nazorat qilish uchun maxsus SI dasturlarini ishlab chiqishni yo’lga qo’ymoqda.
Ma’lumot o’rnida, mutaxassislar 2070-yilga qadar Hindiston sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish va yuqori samaradorlikni qayd etish bo’yicha eng yetakchi mamlakatlardan biri bo’lishini taxmin qilmoqda.
Rustamjonova Marjona tayyorladi.