Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 105 yilligi arafasida O‘zbek filologiyasi fakulteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, Yaponiya raqamli universiteti (JDU) bilan hamkorlikda 2023-yil 14-aprel kuni “Kompyuter lingvistikasining zamonaviy texnologiyalari – CTCL. 2023” nomli ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
“-Ushbu anjumanni tashkil qilishdan maqsad til texnologiyasida Respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashish, yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni kashf etish, lingvistika, kompyuter ilmi va zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiya qilish natijalarini muhokama qilishdan iborat”- deydi, Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri Nilufar Abduraxmonova.
Mazkur tadbirda bir qator taniqli olimlar qatorida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Atabekov raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasida instetut qoshida tashkil qilinyotgan ishlar hamda ushbu sohani oliy ta’lim tizmida tutgan o’rni hamda kelguvsida rejalashtirilgan qo’shma loyihalar xususida nutq so‘zladi.
Tadbirda Respublikamizning turli universitetlaridan 100 ga yaqin tadqiqotchilar o‘zlarining ilmiy maqolala ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Anjuman yakunida shu singari ilmiy-amaliy konferensiyalarni doimiy ravishqa xalqaro darajada o‘tkazish va turli oliy ta’lim muassasalarida va tashkilotlarida olib borilayotgan tadqiqotlarni muvofiqlashtirish kabi takliflar muhokama qilindi.

