Oxford Insights bosh direktori bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

Cover Image for Oxford Insights bosh direktori bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi

“ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Oxford Insights bosh direktori Richard Stirling o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida yurtimizda IT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar uchun yaratib berilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida tomonlar sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi va bu borada O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdilar.