Olimlar oziq-ovqat mahsulotlarini 3D bosib chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Cover Image for Olimlar oziq-ovqat mahsulotlarini 3D bosib chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Florida universiteti tadqiqotchilari qishloq xo‘jaligi va biologiya muhandisligi bo‘limi professorlari Adam Uotson va Ziynet Boz 3D-printerlarning kuchini, xususan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda sinovdan o’tkazdi.

Olimlarning fikriga ko’ra 3D oziq-ovqat printeri yordamida shakli va vizual jozibadorligini yanada orttirish mumkin. Shuningdek, mazkur uskunani ishga tushurish bilan mashina signal beradi va sensorli ekranda bir qator dizaynlar paydo bo’ladi.

Dizayn tanlab olingandan so’ng, mexanik qo’l baland tovush chiqaradi, chunki u ehtiyotkorlik bilan qatlamlash bo’yicha puxta ish boshlaydi. Natijada kerakli shakldagi oziq-ovqat ko’rinishi hosil bo’ladi.

Ma’lumotlarga ko’ra kelajakda olimlar mazkur 3D oziq-ovqat printerlarini har qanday boshqa maishiy oshxona jihozlari kabi – arzon, umumiy va foydali qilishni maqsad qilgan.