Nutqdagi nuqsonlarni avtomatik ravishda aniqlaydigan sun’iy intellekt tizimi yaratildi

Cover Image for Nutqdagi nuqsonlarni avtomatik ravishda aniqlaydigan sun’iy intellekt tizimi yaratildi

Janubiy Koreyaning Elektronika va telekommunikatsiya instituti tadqiqotchilari tomonidan insonlarning nutqidagi nuqsonlarni mustaqil aniqlaydigan sun’iy intellekt tizimi ishlab chiqildi.

“ETRI” (https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.4218/etrij.2023-0322) jurnalining xabar berishicha, ushbu tizimdan foydalanish uchun kundalik suhbatlarning audio versiyasini kiritish kifoya. Tizim nutqdagi nuqsonlarni tahlil qilib, kerakli muolajalarni taklif qilish imkoniyatiga ega.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, mazkur innovatsion tizim sinov mashg’ulotlari davomida 87,3% natijani qayd etdi.

Abruhamonov Zayniddin tayyorladi.