Sidney Texnologiya Universiteti (UTS) tadqiqotchilari insonlardagi fikrni boshqarish imkonini beradigan biosensor texnologiyasini ishlab chiqdilar.
Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, ushbu qurilmani mudofaa, aerokosmik va sog’liqni saqlash kabi sohalarda foydalanish mumkin. Shuningdek, biosensor nogironligi bo’lgan insonlarga aravachasini boshqarishda yoki protezlarni harakatlantirish imkonini beradi.
Mazkur texnologiya, olti burchakli bo’lib, sensorlar bosh terisining orqa tomonida joylashadi, bu esa miya to’lqinlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, biosensor datchiklari ekstremal ish sharoitlariga moslashtirilgan bo’lib, bir qancha qulayliklar yaratadi.