NOAA sun’iy yo’ldoshlari bo’ronlarni va SOS signallarini yuborayotgan yuzlab bedarak yo’qolgan insonlarni kuzatishga yordam beradi

Cover Image for NOAA sun’iy yo’ldoshlari bo’ronlarni va SOS signallarini yuborayotgan yuzlab bedarak yo’qolgan insonlarni kuzatishga yordam beradi

Milliy Okean va Atmosfera Boshqarmasi va Milliy Aeronavtika va Koinot Boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan yili sun’iy yo’ldosh texnologiyasi butun mamlakat va uning atrofidagi suv yo’llarida 397 kishini qutqarishga yordam bergan.

Yo’qolgan sayyoh yoki cho’kayotgan qayiq favqulotda vaziyat mayoqchasini yoqsa, u global qidiruv va qutqaruv yo’ldosh yordamida kuzatish tizimi tomonidan aniqlanishi mumkin bo’lgan signal yuboradi.

Natijada, signallar AQSh va xalqaro kosmik kemalar tarmog’i tomonidan aniqlanadi va qutqaruvchilarni yuborish uchun eng yaqin joyga xabar yuboriladi. Shu tariqa qutqaruv operatsiysi amalga oshiriladi.