Kosmosdagi uskunalarni sovutish uchun ishlatiladigan eksperimental texnologiya tez orada elektr transport vositalarining zaryadlash vaqtlarini besh daqiqa yoki undan kamroq muddatga qisqartirishi mumkin, dedi Amerika kosmik agentligi NASA.
Federal kosmik agentlik tomonidan moliyalashtiriladigan texnologiya, Purdue universiteti bilan hamkorlikda yanada takomillashtirilmoqda. Malumotlarga qaraganda ushbu texnologiya elektr tokini EV zaryadlovchilarining miqdorini taxminan 1400 amperga oshirishi mumkin, bu hozirgi vaqtda EV larga beriladigan 520 ampergacha bo’lgan tezlikdan deyarli besh baravar ortiq ekanini ko’rsatadi. Bu haqida NASA o’zining rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.