Miyaga taqlid qiladigan aqlli tizim robot qo’l mushaklarni harakatga keltirdi

Cover Image for Miyaga taqlid qiladigan aqlli tizim robot qo’l mushaklarni harakatga keltirdi

Xitoy Fanlar akademiyasi, Avtomatlashtirish instituti Kompleks tizimni boshqarish va nazorat qilish davlat asosiy laboratoriyasi professori Qiao Xong boshchiligidagi olimlar guruhi inson miyasiga taqlid qiladigan SI tizimiga asoslangan algoritmlarni ishlab chiqdi.

Dastlab, olimlar ko’rish, qaror qabul qilish, nazorat qilish va tana tuzilishidagi asosiy neyron mexanizmlarni va miyadan ilhomlangan tegishli algoritmlarni amaliyotda sinab ko’rdi. Shuningdek, ular dasturiy ta’minot va apparat tizimining integratsiyasini ishlab chiqdi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, miyadan ilhomlanib yaratilgan robotlar uchun simulyatsiya platformasi ko’rish, qaror qabul qilish va harakatni boshqarishda bir qancha algoritmlarni birlashtirib, turli sohalardagi tadqiqotchilar uchun samarali vosita bo’lib xizmat qiladi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, hozirda simulyatsiya platformasi inson tayanch-harakat tizimini taqlid qilish uchun ishlab chiqilgan bo’lib, jismoniy harakatni ta’minlaydi.