Xitoyning Tsinghua universiteti tadqiqotchilari tomonidan simsiz miya-kompyuter implanti ishlab chiqildi.
“Neural Electronic Opportunity” deb, nomlangan mazkur chip falaj insonning harakatini tiklashga yordam berdi.
Xususan, chip orqa miya jarohati, epilepsiya va amyotrofik lateral skleroz kabi kasalliklarga chalingan bemorlarga yordam berishi mumkin. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, “NEO” chipi “Neuralink”ga qaraganda xavfsizroq hisoblanadi.