Mars sirtini tadqiq qilish uchun kaltakesakdan ilhomlanib robot yaratildi

Cover Image for Mars sirtini tadqiq qilish uchun kaltakesakdan ilhomlanib robot yaratildi

Nankin Aeronavtika va astronomiya universiteti tadqiqotchilari yaqinda qizil sayyora sirtini o‘rganishga yordam beradigan yangi to‘rt oyoqli robotni ishlab chiqarishdi.

Mazkur robot, cho’l kaltakesaklaridan ilhomlanib yaratilgan bo’lib moslashuvchan tana tuzilishiga ega.

Ushbu robotda biomimetik robot singari egiluvchan umurtqa pog‘onasiga ega bo’lib, oyoq sohasi kaltakesak panjalarini eslatadi. Kaltakesaklarga xos harakatlarni takrorlash uchun har bir oyog’ida ikkita ilgak va tebranishni keltirib chiqaradigan mexanizm mavjud. Shuningdek, robot ko’tarilishi uchun muvozanatni ta’minlaydigan mexanizmlar bilan jihozlangan.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar ushbu robot yordamidan foydalanib Marsda keng ko’lamli izlanishlar o’tkazishni rejalashtirgan. Xususan, hozirda robotni turli yuzalarda harakatlanishini ta’minlash uchun tajriba-sinov ishlari amalga oshirilmoqda.