Nyu-York shtat Binghamton universiteti kompyuter fanlari bo‘limi tadqiqotchilari ko’zi ojiz insonlarga yordam berish uchun robot itni dasturlashtirdi.
Mazkur robot itlar ko’zi ojizlarga yo’ldagi to’siqlarni chetlab o’tish, navigatsiya asosida manzilga etish shuningdek, kelib chiqishi mumkin bo’lgan xavf-xatardan ogohlantirish imkoniyatiga ega.
Bugungi kunda dunyo bo’ylab ko’zi ojiz insonlarning bir qismigina manzilga yetishda itlardan foydalanadi. Ammo, statistika ma’lumotlariga ko’ra itlarning atigi 2% bunday vazifani bajara oladi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, robot itlar uchun yaratilgan dasturiy ta’minot kelgusida yuqorida sanab o’tilgan muammolarni oldini olishda yetakchi vosita vazifasini o’taydi. Xususan, olimlar hozirda robot itlarni ko’zi ojiz insonlar bilan muloqot qilishi uchun yangi til modellarini sinovdan o’tkazishni maqsad qilgan.