Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligiga bag’ishlangan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” nomli tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirni institut direktori A. Kadirov ochib berdi hamda bosh qomusimiz bo’lgan Konstitutsiyaning mamlakatdagi o’rni haqida nutq so’zladi.
Tadbir davomida Konstitutsiya normalarini hayotga tadbiq etish va qonun ustuvorligini ta’minlashga oid bir qator vazifalar ijrosini ta’minlash masalasi kelishib olindi.


