Kolumbiyadagi sudya bolalarning tibbiy huquqlari bo‘yicha ish yuzasidan qaror tayyorlashda SI ChatGPT chatbotidan foydalanganini e’lon qildi deya xabar qildi “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.
Sudya Xuan Manuel Padillaning ta’kidlashicha, u matn yaratuvchi botdan autizmli bolani ota-onasining cheklangan daromadi hisobga olganda, tibbiy ko’riklar, terapiya va transport uchun to’lovlardan ozod qilish xususidagi qarorida foydalangan.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Kaliforniyada joylashgan “OpenAI” kompaniyasi tomonidan yaratilgan ChatGPT noyabr oyida ishga tushirilganidan beri bir necha soniya ichida insho, maqola, she’rlar va kompyuter kodlarini yozish qobiliyati bilan dunyoni hayratda qoldirgan.