Kiyim yamoqlari o’rnida qo’llaniladigan hamda ma’lumotlarni simsiz uzatishga qodir sensor tizimi yaratildi

Cover Image for Kiyim yamoqlari o’rnida qo’llaniladigan hamda ma’lumotlarni simsiz uzatishga qodir sensor tizimi yaratildi

Northumbria universiteti professorlari havo va suv orqali akustik to’lqinlar yordamida ma’lumotni simsiz uzatishga qodir sensorni ishlab chiqdi.

Moslashuvchan va simsiz datchiklarning imkoniyatlarini rivojlantirishga qiziqish olimlarning aqlli soatlar yoki butun dunyoda keng tarqalgan aqlli uy qurilmalarini yanada yaxshilashga xizmat qilishi mumkin.

Biroq, ko’pgina sensorlar simsiz yoki real vaqtda funktsiyalarga erishish uchun qo’shimcha aloqa signallarini talab qiladi. Shuningdek, radiochastota signallari (RF) bilan jihozlangan qurilmalar metal qoplamali xonalar, suv ostida sifatsiz aloqaga kirishadi.

Yuqoridag sanab o’tilgan muammolarni his qilgan tadqiqotchilar ushbu qurilmani taqiladigan buyum yoki kiyimlarga yamoq sifatida ishlab chiqardi. Shuningdek, ma’lumot uzatish va qabul qilishga qodir bo‘lgan mayda tebranishlarga bardosh bera oladigan darajada moslashuvchan sirt materiallari bilan jihozladi.