CDU va Torrens universiteti tadqiqotchilari tomonidan virtual olam (VR) texnologiyasining potentsial foydalanuvchilaridagi ko’ngil aynishni aniqlaydigan sun’iy intellekt texnikasi yaratildi.
Tadqiqotchi Dotsent Shafiabadiyning ta’kidlashicha, VR texnologiyasidan tobora ko’proq foydalanish va unga bo’lgan ehtiyoj tufayli kiberkasallikni samarali bashorat qilish va uni oldini olish juda muhim hisoblanmoqda.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, VR qurilmalaridan foydalanuchilarga masofadan xizmat ko‘rsatadi. Bunda qurilma VR linzalari orqali kosmosga qarash kabi unchalik muhim bo‘lmagan mashqlarni bajarishi haqida ma’lumot berib turadi. Mazkur qurilma AI VR foydalanuvchilari orasida noqulaylikni 93% aniqlik bilan bashorat qila oladi.