AQShning OAK Ridge Milliy laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan ishchilarning tana haroratini nazorat qiladigan sensorli tasma ishlab chiqildi.
Tadqiqotchi Adam Shvartsning so’zlariga ko’ra, ushbu tasma foydalanuvchining tanasidagi issiqlik haroratini aniqlab, ularni signal orqali ogohlantiradi. Dastlab, jamoa mazkur sensorli tasmani sportchi, o’t o’chiruvchi va harbiy xizmatchilarda sinovdan o’tkazdi.
Xususan, ushbu qurilmani yaratishdan asosiy maqsad foydalanuvchilarning ish jarayonidagi xavfsizligini ta’minlash va salomatligini nazorat qilishdan iborat.

