Singapur Milliy Universitetining tadqiqotchilari tomonidan sirpanishlar hamda yiqilishlarni real vaqtda kuzata oladigan va insonning muvozanatini aniqlay oladigan birinchi turdagi aqlli oyoq tagligini ishlab chiqdi.
Ushbu aqlli ichki oyoq taglik sirpanish sodir bo’lganligini aniqlash uchun oyoq bosimidagi o’zgarishlarni va insonning yo’nalishini aniqlay oladi.
Professor Limning ta’kidlashicha, ish joyida aqlli oyoq taglik qo’llash orqali kompaniyalarda ushbu hodisalar soni kamayishi mumkin. Bizning aqlli oyoq tagligimiz ma’lumotni avtomatik tarzda ushlaydi va bu o‘zgarishlarni kuzatish orqali kompaniyalar ish joyidagi xavfli hududlarni aniqlashlari va profilaktika choralarini o‘z vaqtida amalga oshirishlari mumkin.