Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari uchun kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi.
Mazkur seminarda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi rahbari Tursunov Doniyor bugungi kunda sodir etilayotgan kiber jinoyatlar hamda unga qarshi kurashish usullari haqida taqdimot qildi.
Seminar davomida axborot xavfsizligi, ko‘p faktorli autentifikatsiya, kompyuter funksiyalarini cheklash, fishing, kiber-firibgarlarning ma’lumotlar manbai, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

