Institut xodimlari “Inson uchun” respublika savdo ko’rgazmasida ishtirok etdi

Cover Image for Institut xodimlari “Inson uchun” respublika savdo ko’rgazmasida ishtirok etdi

Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari poytaxtimizdagi “O’zekspomarkaz”da bo’lib o’tgan “Inson uchun” respublika savdo ko’rgazmasida faol ishtirok etdi.

Mazkur ko’rgazma ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nogironligi bo’lgan insonlarni qo’llab-quvvatlash hamda ijtimoiy ko’mak berish maqsadida tashkil etilgan.

Ma’lumot o’rnida, ushbu ko‘rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, ular tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil mahsulotlar namoyish qilindi.