Imo-ishora va qo‘l yozuvini aniqlay oladigan elektron qurilmani ishlab chiqdi

Cover Image for Imo-ishora va qo‘l yozuvini aniqlay oladigan elektron qurilmani ishlab chiqdi

Yangi Janubiy Uels universitetining Moddiy fanlar va muhandislik maktabi tadqiqotchilari tomonidan inson terisidan ilhomlanib, juda kam quvvat sarfi bilan ma’lumotni qayta ishlash uchun mexanik stimullarni, jumladan, imo-ishora va qo‘l yozuvini aniqlay oladigan elektron qurilmani ishlab chiqdi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, sun’iy terilar qon bosimi, harorat va kislorod darajasini o’z ichiga olgan hayotiy elementlarni sezish texnologiyasi sifatida yaratilgan.

Mazkur, datchiklar insonning nozik harakatini aniqlay oladi va fiziologik signallarni, jumladan, yurak pulsi, nafas olishini kuzatishi mumkin. Shuningdek, sun’iy intellekt tizimi imo-ishoralarni aniqlash uchun sezgi ma’lumotlari haqida xabar berib turadi.