Ilondan ilhomlangan robot yaratildi

Cover Image for Ilondan ilhomlangan robot yaratildi

Professor Aliriza Ramezani rahbarligidagi Shimoliy-Sharqiy Universitetning Silicon Synapse Lab tadqiqot guruhi tomonidan ilondan ilhomlanib yaratilgan robot namoyish etildi.

“COBRA” deb, nomlangan mazkur robotning o’ziga xos tomoni shundaki, u bir vaqtning o’zida obyektlarni harakatlantirish va boshqarish imkoniyatiga ega.

“Biz ushbu robot tanasida kamera va IMU sensor to’plamini qo’shish orqali, uning imkoniyatlarini yanada kengaytirib, avtonom harakatini ta’minlaymiz” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Salagame.

Ma’lumot o’rnida, tadqiqot guruhi robotning murakkab vazifalarni bajarish imkoniyatini oshirish amaliyoti ustida ish olib bormoqda.

Normo’minova Sevinch tayyorladi