Bugundan “ICTWeek Uzbekistan – 2023” AKT haftaligi doirasida Siz “ICT Expo Uzbekistan” ko‘p funksiyali ko‘rgazma markaziga tashrif buyurib, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan stendlar va tashkilotlar bilan tanishishingiz mumkin.
Ko‘rgazma markazidan fotolavhalarni tomosha qiling.
Eslatib o‘tamiz, haftalik davomida CAEx ko‘rgazmalar markaziga tashrif buyuruvchilar uchun mutlaqo bepul transport xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Avtobuslar qatnovi har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha har soatda quyidagi manzillar bo‘yicha amalga oshiriladi:
⏺IT Park majmuasi – Mirzo Ulug‘bek tumani
⏺Beruniy metro
⏺O‘zbekiston mehmonxonasi
⏺Janubiy vokzal
📍Manzil: Central Asian Expo markazi.


