“Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” mavzusida taqdimot bo’lib o’tdi

Cover Image for “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” mavzusida taqdimot bo’lib o’tdi

Kuni kecha Raqamli texnologiyalar vazirligining majlislar zalida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot Instituti tomonidan tashkillashtirilgan “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” mavzusida taqdimot bo’lib o’tdi.

Taqdimot davomida Institutning AKT Startaplarini qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Shaxzodbek Yetmishboyev “Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi” sohasidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yo’llari bo’yicha taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.

Ma’lumot o’rnida, “Government Artificial Intelligence Readiness Index” 193 ta mamlakatni 10 ta o‘lchov 39 ta ko‘rsatkich bo‘yicha baholaydi. Ushbu indeks hukumatlarning o‘z fuqarolariga davlat xizmatlarini taqdim etish uchun sun’iy intellektni joriy etishga qanchalik tayyorligi, ijtimoiy farovonlik uchun sun’iy intellektni joriy etish samaradorligini baholashga qaratilgan.