RIKEN tadqiqotchilari guruhi tomonidan sun’iy neyronlardan tashkil topgan hisoblash qurilmasi yaratildi.
Inson miyasidan ilhomlanib yaratilgan ushbu qurilma qo’lda yozilgan yozuvlarni o’qish va naqshlarni tanib olish xususiyatiga ega.
Shuningdek, qurilma 5000 ta tasvir yordamda sinovdan o’tkazildi va 95% aniqlik bilan yozuvlarni taniy oldi. Ushbu qurilmaning afzallik tomoni shundaki u past kuchlanish bilan ishlaydi va uni kichik oqim zichligi yordamida boshqarish mumkin (https://techxplore.com/news/2023-02-brain-inspired-based-skyrmions.html).