Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt laboratoriyasi (CSAIL) tarkibiga kiruvchi MITning Improbable sun’iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan futbol o’ynaydigan to’rt oyoqli robot yaratildi.
Mazkur “DribbleBot” robot turli xil tekislikdagi yerlarga moslasha oladi. Buning uchun u maxsus kamera va sensor tizimi bilan jihozlangan. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, robotning to’p surishi haqidagi birinchi g’oyani 1992-yil Alan Makvort tomonidan ilgari surilgan.