Faxriylar holidan xabar olindi

Cover Image for Faxriylar holidan xabar olindi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan institutda uzoq yillar faoliyat yuritgan, soha rivojiga o‘zining salmoqli hissasisni qo‘shgan nafaqadagi faxriy ustozlar holidan xabar olindi.

Tashrif davomida ustozlar bilan dildan suhbatlashib, ilm-fan ravnaqida fidokorliklari uchun minnatdorchilik bildirildi va rahbariyatning esdalik sovg’alari topshirildi.

O‘z navbatida, faxriylarimiz bunday eʼtibordan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimizga tinchlik, oilalarimizga totuvlik va baraka tilab, duolar qilishdi.