Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida “Konstitutsiya normalarini hayotga tatbiq etish va qonun ustuvorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni qo‘llash istiqbollari” mavzusidagi eng yaxshi maqola tanlovining g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
➡️ 1-o’rin – Esanov Otabek, Samarqand davlat universiteti talabasi;
➡️ 2-o’rin – Mo’minov Doniyorbek,
Namangan davlat universiteti talabasi;
➡️ 3-o’rin – o’rin Abdurahmonov Toshmurod, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti;
➡️ 4-o’rin – Zubaydullayeva Fotima, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabasi.
G’oliblarga institut direktori A. Kadirov diplom hamda esdalik sovg’alarni topshirib, ularning kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.



