Energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari mavzusida kichik tadbir o’tkazildi

Cover Image for Energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari mavzusida kichik tadbir o’tkazildi

Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida “Energiya tejash va energiya samaradorligini oshirish usullari” mavzusida kichik tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbir davomida, energiya resurslaridan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish, kam energiyali texnikalardan foydalanish kabi zarur tavsiyalar berildi.

Tadbir so’ngida, xodimlarga tashkilotchilar tomonidan ishlab chiqilgan elektr yordamida ishlaydigan texnikalardan to’g’ri foydalanish bo’yicha yo’riqnomalar tarqatildi.