Google kompaniyasi Gmail pochta xizmatining imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida veb-versiyada “menga yordam ber” funksiyasini qo’shdi. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga Gemini yordamida xat yozish imkonini beradi.
Tadqiqotchilarninig ma’lum qilishicha, hozirda ushbu funksiya faqatgina “Google One AI Premium” obunasi va Workspace‘da Gemini‘ga kirish huquqiga ega bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lib, ushbu vosita xabarni qanday qilib yanada yaxshiroq yozish, xabar matnini qanday qisqartirish va boshqa maslahatlarni berishi mumkin.
Shuningdek, kompaniya yozilgan matnlarni mukammal ko’rinishga keltrish uchun mo’ljallangan bir nechta funksiyani ham sinovdan o’tkazmoqda. Tez fursatda bu imkoniyatlar barcha foydalanuvchilar uchun birdek amal qilishi ma’lum qilindi.
Abdurahmonov Zayniddin tayyorladi.