Google kompaniyasi tadqiqotchilari maxfiy telefon qo’ng’iroqlari orqali amalga oshiriladigan firibgarlik holatlarini aniqlash uchun ishlab chiqilgan yangi “Gemini Nano” dasturini sinovdan o’tkazdi.
Mazkur dasturiy ta’minot yordamida foydalanuvchilar hisob raqamlarda yuzaga keladigan firibgarlik holatlaridan himoyalanishlari mumkin.
Xususan, sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan ushbu dastur shubhali qo’ng’iroqlardan so’ng foydalanuvchining mobil qurilmasiga xabar jo’natadi va qo’ng’iroqda firibgarlik alomatlari mavjudligi hamda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etmaslik bo’yicha ogohlantiradi.
Ta’kidlash joizki, kompaniya ushbu dasturiy ta’minot ko’magida firibgarlik holatlarini kamaytirishni maqsad qilgan.
Normo’minova Sevinch tayyorladi.