Endi ChatGPT orqali velosipedlar bilan suhbatlashish mumkin

Cover Image for Endi ChatGPT orqali velosipedlar bilan suhbatlashish mumkin

Xitoyning Urtopia kompaniyasi, ChatGPT mikrofonlar va dinamiklar o’rnatilgan hamda insonlar bilan bevosita suhbatlashish imkonini beruvchi velosipedni namoyish etdi.

Shuningdek, harakat vaqtida siz ushbu velosipeddan marshrut yo’nalishlarini so’rashingiz hamda, ob-havo hisobotidagi o’zgarishlarni ko’rishingiz mumkin. Sun’iy intellekt hatto inson darajasidagi suhbatni ham qo’llab-quvvatlaydi.

Ma’lum qilinishicha, qurilmada smartfon bilan sinxronizatsiya ham mavjud bo’lib, unda siz mashg’ulot natijalarini va velosiped joylashuvini ko’rishingiz mumkin. Lekin, uning narxi hozircha noma’lum, ammo, mutaxassislar yil oxirigacha e’lon qilinishini ta’kidlashmoqda.