“ElevenLabs” neyrotarmog’ining yangilangan verisyasi namoyish etildi. Endilikda neyrotarmoq yordamida istalgan tovush, musiqa va nutqni generatsiya qilish mumkin.
Xususan, neyrotarmoq qushlarning sayrashi, yomg’ir hamda turli xil jarayondagi tovushlarni birgina matnli tavsif asosida generatsiya qiladi.
Mazkur neyrotarmoq istalgan ovozni 29 ta tilda boshqa ovozga o’zgartira oladi. Shuningdek, konvertatsiyadan so’ng barcha his-tuyg’ular va ovoz tembri saqlanib qoladi hamda ovozning sifati yanada yaxshilanadi. O’zgartirilgan ovozni haqiqiy nutqdan deyarli ajratib bo’lmaydi.
Saidova Bahora tayyorladi.