Elektr quvvatini o’tkazish imkoniyatiga ega ipak tolali ip yaratildi

Cover Image for Elektr quvvatini o’tkazish imkoniyatiga ega ipak tolali ip yaratildi

Shvetsiyaning Chalmers texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan insonlarning salomatligini nazorat qilib, qon bosimini o’lchovchi, shuningdek elektr quvvatini o’tkazish imkoniyatiga ega ipak tolali ip ishlab chiqildi.

“Biz ishlab chiqqan ip xavfsiz elektr o’tkazuvchi va turli xil muhitlarga moslashuvchanligi bois undan kundalik hayotimizda keng foydalanish mumkin” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Mariavittoria Craighero.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda ushbu ipak tolali ip faqat labaratoriya sharoitida ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, tadqiqot guruhi mazkur yondashuv orqali to’qimachilik va tibbiyot sohasidagi imkoniytalarni yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

Abdurahmonov Zayniddin tayyorladi.