Uylarning tashqi va ichki dizaynini yaratishga mo’ljallangan neyron tarmog’i yaratildi. “RemodelAI” deb nomlangan ushbu neyron tarmog’i uyning dizaynini siz xohlagan uslubda bezatib beradi.
Neyron tarmog’idan foydalanish uchun istalgan uyingizning rasmini yuklashingiz hamda sozlamalar panelidan kerakli uy hajmi, xona turini tanlashingiz kifoya. Bir necha soniya ichida dizayn tayyor bo’ladi.
Neyron tarmog’idan foydalanish uchun havola (https://remodelai.co/).