Xitoyning Dalyan texnologiya universiteti tadqiqotchilari kalamarning rangi o‘zgarib turadigan terisidan ilhomlanib yangi sun’iy teri yaratdi. Ma’lumotlarga ko’ra, ushbu teri turli xil muhitga moslashuvchan shuningdek, tashqari haroratga chidamli hamda antibakterial xususiyatlarga ega.
Aqlli sun’iy terining yana bir xususiyati atrof-muhitdagi ma’lumotlarini bioelektrik signallarga aylantiradi va uni asab tizimiga uzatadi. Natijada tashqi xavfga nisbatan moslashuv jarayoni kuzatiladi.
Mutaxassislar ushbu terini yanada takomillashtirish xususida ish olib bormoqda. Shu jumladan, interaktiv sensorlar va boshqa real ilovalarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan tomonlarini yanada yaxshilashni maqsad qilgan.