Davlat rahbari tomonidan IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Vazirlik Hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi

Cover Image for Davlat rahbari tomonidan IT sohasini yanada rivojlantirish maqsadida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Vazirlik Hay’ati yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun, 25-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi markaziy apparati, tizimidagi korxona, tashkilot va taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida Vazirlik Hayʼatining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kengaytirilgan majlisda joriy yilning 20-dekabr kuni IT-Park faoliyati va axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishib, IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor topshiriqlar yuzasidan vazifalar ko‘rib chiqildi.