Dastlab, mazkur yig’ilishda amalga oshirilyotgan ishlar xususida qisqacha ma’lumoylar ulashildi. Shuningdek, shu yilning 16-17-may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Sun’iy intellekt sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish” uchun takliflar tayyorlash hamda Omsk davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda anjumanni tashkil qilish xususida fikrlar muhokama qilindi. Kengash yig’ilishi yakunida institutning ilmiy izlanuchilarga texnika fanlari falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini tasdiqlovchi diplomlar topshirildi.
Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining navbatdagi ilmiy kengashi bo’lib o’tdi
