Aziz yurtdoshlar!

Cover Image for Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Xususan, 1991-yil 18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz tarixida o’chmas iz qoldirdi.

Ushbu kun munosabati bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ining 33 yilligi bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi.

Yurtimiz bayrog‘i doimo balandlarda hilpirab, mustaqillik va birligimiz ramzi bo‘lib qolaversin!