Ma’lumki, Avstraliya hukumati oxirgi 3 yil ichida jinoyatlarni aniqlash uchun 3,1 milliard dollar sarflagan. Ushbu xarajatlarni kamaytirish maqsadida federal xizmati vakillari fuqarolarni o’z shaxsini tasdiqlash imkonini beradigan milliy raqamli identifikatsiya tizimini taklif qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra taklif etilayotgan tizim mobil ilova ko’rinishida bo’lib, shaxsning biometrik ma’lumotlari (masalan, yuz, ko’z orqali) himoya qulfi ochiladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlashda xakerlar uchun maxsus “honeypot” ya’ni “asal tuzog’i” deb nomlangan himoya tizimi ishlab chiqiladi.
Mazkur tuzoq bir qarashda xakkerlarni xatti-harakatlarini tahlil qiladi va ular uchun qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qilish orqali federal xizmati vakillariga taqdim qiladi.
Ta’kidlash joizki, shaxsiy identifikatsiya tizimini mamlakatda joriy qilish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilgan bo’lib, Avstraliya Moliya vaziri Katy Gallagher o’tgan hafta qonun loyihasi bo’yicha internet platformasi ochdi va yil oxirigacha qonun loyihasini parlamentga kiritishni rejalashtirmoqda.