AQShda sun’iy intellekt xavfsizligi instituti ishga tushdi

Cover Image for AQShda sun’iy intellekt xavfsizligi instituti ishga tushdi

Buyuk Britaniyada bo’lib o’tgan sun’iy intellekt xavfsizligi xalqaro sammitida AQShda sun’iy intellekt xavfsizligi instituti ishga tushgani ma’lum qilindi.

Mazkur institut Milliy Standartlar va Texnologiyalar hamda Buyuk Britaniya xavfsizlik institutlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Xususan, institutning asosiy vazifasi sun’iy intellekt xavfsizligini ta’minlash, yangi modellarni sinovdan o’tkazish va yangi tadqiqotlar olib borishdan iborat. Ma’lumot o’rnida, xavfsizlik institutida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontentlarni autentifikatsiya qilish standartlari ishlab chiqiladi.