Aqlli shaharlarda to’xtash joylarni aniqlaydigan IoT-AIPS qurilma yaratildi

Cover Image for Aqlli shaharlarda to’xtash joylarni aniqlaydigan IoT-AIPS qurilma yaratildi

IGI Global jurnalining ma’lumotlariga ko’ra, tadqiqotchilar tomonidan aqlli shaharlardagi to’xtash mumkin bo’lgan hamda bo’sh joylarni aniqlashda yordam beradigan IoT-AIPS qurilmasi yaratildi.

Takidlanishicha, ushbu qurilma to’xtash joylarini aniqlash uchun yerga o’rnatilgan datchiklarga tayanadi. Shuningdek, bo’sh joylar haqidagi ma’lumot haydovchilarning mobil ilovasi yoki aqilli IoT-AIPS platformasiga uzatadi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, tizim real vaqt rejimida toʻxtash joylari mavjudligi toʻgʻrisida yangilanishlarni taqdim etadi, bu esa haydovchilarga tirbandlikda qolib ketmaslikka yordam beradi.